Rossiyaning eng yirik aloqa operatori MTS Turkmanistonga qarşi Jahon bankining investitsiyaviy bahslarni tartibga soliş xalqaro markaziga kengaytirilgan da'vo arizasi topşirdi.
“MTSning ayni vaqtdagi umumiy yöqotişlari 1,5 mlrd dollarga baholanmoqda. MTS hakamlik sudida uni qondiruvçi natija va real kompensatsiya olmagunça öz talablarini qat'iyan himoya qilmoqçi”, deyilgan kompaniya xabarida.
MTS 2017 yil sentyabrda Turkmanistonda davlat elektr aloqa kompaniyasi “Turkmantelekom”ning xalqaro, şaharlararo va hududiy aloqa hamda internetga kiriş xizmatlaridan uzişdan iborat xatti-harakatlari sababli aloqa xizmatlarini taqdim qilişni töxtatişga majburligini ma'lum qilgandi.
2018 yil iyulda Rossiya kompaniyasi investitsiyaviy bahslarni tartibga soliş xalqaro markaziga Turkmanistonga qarşi da'vo arizasi bilan murojaat qilgan. Öşanda da'vo summasi 750 mln dollar miqdorida körsatilgan edi.








