Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OChL. «Lokomotiv» Jiddada 90+4-daqiqada penaltidan gol o‘tkazib, mag‘lub bo‘ldi
Osiyo Chempionlar Ligasi «B» guruhidan o‘rin olgan «Al-Ittihod» hamda «Lokomotiv» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Unda Saudiya klubi 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Birinchi bo‘limida hisob ochilmagan o‘yinning ikkinchi qichmida beshta gol urildi. «Ittihod» 48 va 49-daqiqalarda ikkita gol o‘tkazib yuborib, vaziyatini qiyinlashtirib qo‘ydi. Gollarning biri penaltidan urilgan bo‘lsa, ikkinchisida «temiryo‘lchilar» xatoga yo‘l qo‘yib, golni «sovg‘a qilishdi».
Biroq Andrey Fyodorov zaxiradan ikkita futbolchini maydonga tushirib, vaziyatni yaxshiladi. 70-daqiqada zaxiradan maydonga tushganiga 1 daqiqa bo‘lgan Jamshid Iskanderov farqni qisqartirdi. 82-daqiqada esa yana bir zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Filip Rayevats hisobni tenglashtirdi.
Qo‘shimcha vaqtlarda «Lokomotiv» yana bitta gol o‘tkazib yubordi. Hakam 90+4-daqiqada Yovan Jokichning qo‘polligi sabab raqib darvozasiga penalti belgiladi va Fahad al-Muvallad dublga erishib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. Bu mag‘lubiyatdan so‘ng «Lokomotiv» hisobidagi ochkolar soni 3 taligicha qoldi va «temiryo‘lchilar» guruhda 4-o‘ringa tushib ketishdi.
OChL-2019
«V» guruhi. 3-tur
«Al-Ittihod» - «Lokomotiv» 3:2
Jidda, «Qirol Fahd» stadioni.
Gollar: Nosir al-Shamroni (48, pen.), Fahad al-Muvallad (49, 90+4, pen.) Jamshid Iskanderov (70), Rayyevats (82).
Al-Ittihod: Assaf al-Qorniy, Abdulloh al-Umar, Yosin Barnavi, Ziyad al-Sahafi, Metyu Yurman, Abdurahmon al-G‘amdi (Fahad al-Muvallad, 33), Seku Sanogo, Holid al-Samiri, Nosir al-Shamroni, Abdulaziz al-Bishi, Essam al-Muvallad.
Lokomotiv: Javohir Ilyosov, Oleg Zoteyev, Igor Yyelich, Islom To‘xtaxo‘jayev, Shuhrat Muhammadiyev (Davron Hoshimov, 52), Diyor Turopov (Jamshid Iskanderov, 69), Yovan Jokich, Arslanmurod Omonov, Sardor Mirzayev, Husniddin G‘ofurov, Temurxo‘ja Abduxoliqov (Filip Rayevats, 74).
Mavzuga oid
20:49 / 04.04.2026
“Bunyodkor” - “Lokomotiv” o‘yinidan keyingi janjal sabablari o‘rganilmoqda
23:01 / 24.12.2025
OChL-2. «Andijon» biror marta g‘alaba qozonmadi va guruhda qolib ketdi
20:44 / 26.11.2025
OChL-2. «Andijon» beshinchi o‘yinni ham durang bilan yakunladi
20:41 / 24.11.2025