Mart oyi oxirida Özbekistonning barça çekkalarida #kitobulash heştegi ostida öziga xos çellenj boşlandi. Kitob beruvçilar qanday manfaatni közlamasin, muhimi ta'lim dargohlari kutubxonalari fondi yangi kitoblar bilan boyimoqda. Tabiiy savollar tuğiladi – kutubxonaning unutilgan burçaklarida çang bosgan kitoblarning taqdiri ne keçadi? Talabalar yoki öquvçilar kutubxonadan foydalanadimi? Kutubxonada yöq kitoblarni qayerdan topsa böladi?

Universitet kutubxonasining sarguzaştlari

Saytimizga Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetning 1-sonli ilmiy kutubxonasi köçirilayotgani va köçiriş davomida kutubxona fondidagi köplab nodir adabiyotlar, köp yillik tarixga ega kitoblarning yöqolişi yoki özlaştirib olinişi mumkinligi haqida murojaat ham kelib tuşgan. Murojaat neçoğliq haqiqatga yaqinligi, universitet kutubxonasi köçirilişi sababini biliş maqsadida uşbu ta'lim dargohiga yöl oldik.

«Yoşlik» talabalar şaharçasi yangiça qiyofa kasb etgan. Endilikda «Vuzgorodok»ni poytaxtdagi kam sonli «eco-orolçalar»dan biri deb ham ataş mumkin.

Özbekiston Milliy universitetining 1-sonli ilmiy kutubxonasi binosi şu nuqtada joylaşgan.

Kutubxonani köçiriş işlari avjida. Özini 4-bosqiç talabalari deya taniştirgan yoşlarning sözlariga köra, universitet rahbariyati ularni dars vaqtida haşarga çiqargan. Ilmiy kutubxona xodimalari ham oğir kitob taxlamlarini taşib, talabalarga yordam berişmoqda. Ularning sözlariga köra, ayni binoda millionga yaqin kitoblar saqlangan.