10 aprelda butun dunyo böylab bir vaqtda bölib ötgan 6 ta matbuot-anjumanda qora tuynukning tarixdagi ilk surati dunyoga taqdim qilindi. Suratda sayyoramizdan 55 yoruğlik yili uzoqligida joylaşgan M87 (Messe 87) deb ataluvçi elliptik galaktika markazida joylaşgan öta massiv qora tuynuk tasvirlangan. Bu obekt aqlbovar qilmas ölçamlarga ega – u Quyoşdan 6,5 mlrd marta hamda galaktikamiz markazidagi Kamonçi A qora tuynugidan ming marta kattaroqdir.

Suratning öziga xosligi şundaki, bungaça qora tuynukning har bir tasviri simulyatsiya yoki nazariy ma'lumotlarga asoslangan rasm bölgan. Qora tuynukning batafsil surati 8 ta kuçli radioteleskopni birlaştirgan Event Horizon Telescope loyihasi doirasida olindi. Bu surat uşbu astrofizik obektlar mavjudligining 100 foizlik isboti hisoblanadi – avval qora tuynuklarni juda olisda joylaşgani sababli körişning iloji bölmagan, ularning qanday körinişini faqatgina taxmin qiliş mumkin bölgan. Şuningdek, qora tuynuk atrofidagi hodisalar gorizonti yoruğ halqa yoki yarimoyga öxşaşligi haqida nazariya mavjud bölgan.
Zamonamizning eng buyuk fiziklari Albert Eynşteyn va Stiven Xoking uçun adoği yöq mavzu bölgan qora tuynukning real tasviri haqiqatga aylandi. Bu obektlarning öziga xosligi şundaki, ular içida fizikaning barça qonunlari amal qilişdan töxtaydi, vaqt töxtab qoladi, istalgan materiya va nur izsiz yöqoladi.
Suratdagi qora tuynuk ortidan kuzatuv 2017 yil bahorida olib borilgan, biroq olingan suratlarni qayta işlaş uçun olimlarga 2 yil vaqt talab etilgan.
Qora tuynukni aslida körib bölmaydi va şu sababli suratda uning atrofidagi soyani köriş mumkin. Markazdagi obekt esa aynan qora tuynuk hisoblanadi.
















