Angliyaning “Fulhem” futbol klubi Yangi Toşkentda zamonaviy futbol akademiyasini taşkil etiş imkoniyatini körib çiqişga tayyorligini bildirdi.
Xabar qilinişiça, uşbu masala klubning futbolni rivojlantiriş yönalişi rahbari Hyu Jennings va tijorat menejeri Brett Makgoldrik hamda Özbekistonning Buyuk Britaniyadagi elçixonasi diplomatlari bilan uçraşuvida muhokama qilindi.
Diplomatlar jamoa maʼmuriyatiga Özbekistonda futbolni rivojlantiriş, yoş isteʼdodlarni aniqlaş va qöllab-quvvatlaş, zamonaviy sport infratuzilmasini yaratiş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar haqida maʼlumot berdi.
Yangi Toşkentni barpo etiş loyihasi va uning hududida sport inşootlarini rivojlantiriş rejalariga alohida eʼtibor qaratildi.
“Fulhem” rahbariyati Britaniya tajribasi va standartlari asosida Yangi Toşkentda akademiya taşkil etiş istiqbollarini örganişga tayyorligini maʼlum qildi.
Uçraşuv yakunida tomonlar uşbu taşabbusni amalga oşiriş uçun hamkorlikning aniq mexanizmlarini işlab çiqişga kelişib oldi.

















