Amnesty International taşkilotining göyoki Özbekiston sobiq Boş prokurori Raşid Qodirovga nisbatan jismoniy zöravonlik işlatilgani, qöpol munosabatda bölingani, şuningdek boşqa sudlanuvçilarga nisbatan haligaça qiynoqlar xavfi saqlanib qolinayotganligi töğrisidagi murojaati e'lon qilingan. Uşbu bayonotga nisbatan Boş prokuratura tomonidan rasmiy munosabat bildirildi. 

Unda ta'kidlanişiça, R.Qodirov va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari böyiça 22.02.2018 yilda qözğatilgan jinoyat işi yuzasidan tergov harakatlari olib borilgan.

«2018 yil 25 fevral kuni Qodirov tovlamaçilik, pora oliş, şuningdek, boşqa mansabdorlik va iqtisodiy jinoyatlarni sodir etişda ayblanib, jinoyat işiga ayblanuvçi tariqasida jalb qilingan hamda unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Tergovning boşidanoq R.Qodirovga himoyalaniş huquqi berilgan, advokatning barça tergov harakatlarida iştiroki, şuningdek, u bilan heç qanday çeklovlarsiz xoli uçraşiş imkoniyati ta'minlangan», — deyiladi Boş prokuratura munosabatida.  

Ma'lum qilinişiça, R.Qodirov va boşqa iştirokçilarning yoşini hisobga olgan holda, dastlabki tergov davomida ularning soğliği Içki işlar vazirligi tibbiyot muassasalarining doimiy nazorati ostida böldi. Işni sudda körib çiqiş jarayonida ham doimiy tibbiy yordam körsatilmoqda va barça zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan alohida maxsus transport vositasi ajratilgan.

Tergov davomida sud-tibbiy ekspertiza ötkazilgan, uning xulosasiga köra, R.Qodirovning soğliğining holati qamoqda saqlaşga tösqinlik qilmasligi ma'lum bölgan va unda heç qanday tan jarohatlari aniqlanmagan.

«Ta'kidlaş joizki, Moskva şahrining «ŞÇeglov i partnyory» advokatlik byurosi bilan tuzilgan huquqiy yordam körsatiş şartnomasi asosida faoliyat yurituvçi advokat A.Madyarov 18.07.2018 yilda R.Qodirovga nisbatan qözğatilgan jinoyat işida advokat sifatida iştirok etişini ta'minlaşga oid çoralar köriş töğrisida iltimosnoma bilan murojaat qilgan.

Tergov organlari zudlik bilan bu haqida R.Qodirovni xabardor qiliş çoralarini körgan, R.Qodirov A.Madyarov huzurida öz taşabbusiga köra uning xizmatlaridan voz keçib, unga nisbatan heç qanday jismoniy yoki ruhiy bosim ötkazilmayotganligi, u ixtiyoriy ravişda körsatmalar berayotgani haqida ma'lum qilgan. Şuningdek, R.Qodirov ayni paytda uning huquqlarini boşqa advokat himoya qilayotgani va qöşimça advokat jalb qilinişiga ehtiyoji yöqligini bildirgan», — deya qöşimça qilinadi rasmiy munosabatda. 

Bundan taşqari, uçraşuvda A.Madyarovning talabiga binoan R. Qodirov unga öz tanasini körsatgani, şundan söng A.Madyarov tan jarohatlari yöqligiga işonç hosil qilgani bildirilgan.