Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazirlar Mahkamasining hududlarda sayyor majlislar o‘tkazish tartibi tasdiqlandi
Foto: KUN.UZ
Hukumat qarori (295-son, 10.04.2019 y.) bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hududlarda mavzuli sayyor majlislarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanali yozmoqda.
Nizomga muvofiq, sayyor majlislar joylarda aniq sohalar va yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini o‘rganish uchun o‘tkaziladi.
Quyidagilar sayyor majlislarning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
Harakatlar strategiyasidagi, davlat dasturlaridagi vazifalarning amalga oshirilishini ta'minlash;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar budjetlarining maqsadli ijrosini ta'minlash;
rivojlanishda orqada qolayotgan qishloq tumanlari va shaharlarni rivojlantirish va boshqalar.
Sayyor majlislar tizimli asosda har chorakda o‘tkaziladi. Sayyor majlislar zarur hollarda videoselektor yig‘ilishi shaklida o‘tkaziladi.
Sayyor majlislarga bosh vazir boshchilik qiladi. Prezident ham majlislarga boshchilik qilishi mumkin.
Sayyor majlislarga Qonunchilik palatasi, Senat, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari taklif etilishi mumkin.
Sayyor majlis yakuni bo‘yicha qaror qabul qilinadi hamda uning ijrosi ustidan nazorat Hukumat apparati tomonidan amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
12:54 / 14.03.2026
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yangi bitim tasdiqlandi
16:04 / 27.02.2026
Qurilishda hajmni yashirishga chek qo‘yish bo‘yicha yangi mexanizmlar ishlab chiqildi
18:01 / 06.09.2025
Vazirliklarga «yuqoridan» ko‘rsatma kutmasdan qaror qabul qilishga ruxsat beriladi
07:02 / 04.08.2025