Sport | 02:07 / 11.04.2019
25731
2 daqiqa o‘qiladi

YeChL. «Barselona» Manchesterda g‘alaba qozondi, «Yuventus» «Ayaks»ni yenga olmadi

Foto: AP

Yevropa Chempionlar Ligasida chorak finalning yana ikkita o‘yini o‘tkazildi. «Barselona» Angliyada «MYu» mehmoni bo‘ldi va Lyuk Shouning avtogoli hisobiga g‘alaba qozondi. Bu golni Luis Suaresga yozish ham mumkin edi, lekin UYeFA golni avtogol sifatida qabul qildi.

O‘yin davomida Leo Messining yuzi, burni va ko‘zi jarohatlanganini ham aytish kerak. Kris Smoling Messiga zarba berib, uni yerga qulatdi va jarohat yetkazdi.

Chorak finalning yana bir o‘yinida «Yuventus» Niderlandiyada «Ayaks» mehmoni bo‘lib, g‘alaba qozona olmadi. 45-daqiqada Krishtianu Ronaldu urgan golga ikkinchi bo‘limning ilk daqiqasidayoq Neres javob berdi va o‘yinda 1:1 hisobi qayd etildi.

Chempionlar Ligasi
Chorak final, birinchi o‘yinlar

MYu – BARSeLONA 0:1

Gol: Shou (12, avtogol).
Manchester Yunayted: De Xea, Smolling, Lindelyof, Shou, Yang, Pogba, Fred, Maktominay, Dalot (Lingard, 74), Reshford (Pereyra, 85), Lukaku (Marsyal, 68).
Barselona: Ter Shtegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Langle, Artur (Serji Roberto, 66), Buskets (Alenya, 90+3), Rakitich, Koutino (Vidal, 65), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Buskets (17), Shou (19), Vidal (71), Lingard (76), Smolling (85).

AYaKS – YuVeNTUS 1:1

Gollar: Neres (46) – Ronaldu (45).
Ayaks: Onana, de Ligt, Talyafiko, Veltman, Blind, van de Bek, Ziyesh, Tadich, Shyone (Ekkelenkamp, 75), Neres, de Yong.
Yuventus: Shchensni, Rugani, Aleks Sandro, Joau Kanselu, Bonuchchi, Bentankur, Pyanich, Matyuidi (Dibala, 75), Bernardeski, Ronaldu, Mandjukich (Duglas Kosta, 60).
Ogohlantirishlar: Talyafiko (41), de Yong (55), Shyone (71), Pyanich (83).

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid