Angliya: «MU» bir kişi köp bölib öynab yutqazdi
«Mançester Yunayted» – «Mançester Siti» 0:1
Gol: Holand, 60 (0:1)
«Mançester Yunayted»: Lammens, Maguayr, Martines, Dorgu, Dalot, Tilemans (Şeşko, 67), Maynu, Brunu Fernandeş, Reşford (Zirkze, 83), Mbemo, Kunya
«Mançester Siti»: Donnarumma, Ruben Diaş, Geyi, Gvardiol, Mateuş Nuneş, Anderson, Fernandes (ÖRayli, 82), Şerki (Ndiay, 46), Semenyo, Foden, Holand
Ogohlantirişlar: Maguayr, 81 – Gvardiol, 79. Fernandes, 80
Çetlatiş: Foden, 23
Husanov qatorasiga ikkinçi öyinda zaxirada qoldi – Mareska öng qanot himoyasida Mateuş Nuneşga işonç bildirişda davom etmoqda. Kerrik esa çap qanotda jarohat olgan Şou örniga Dorguni tuşirdi.
Mançester derbisining birinçi bölimi xavfli vaziyatlarga boy bölmadi – eng yodda qolarli vaziyat darvozaga hujum bilan emas, raqiblarning bir-biriga hujumi bilan boğliq edi. Birinçi bölim örtalarida öyindagi sokinlikni Bruno Fernandeş va Foden iştirokidagi töqnaşuv buzdi.
23-daqiqada Bruno yon çiziq oldida töpni Fodendan olib qöyişga urinib, uni tepib yiqitdi. U gazonda yotgan raqibning bel sohasiga ham oyoği bilan zarba berdi.

Foden esa bunga çiday olmasdan yotgan holda Brunoning qorniga zarba berdi, öyin boş hakami Maykl Oliver portugaliyalik yarimhimoyaçining harakatini eʼtiborsiz qoldirib, faqat angliyalik futbolçini jazoladi – töğridan töğri qizil.

Son jihatdan köpçilik bölib qolganidan keyin ham «MU» köp vaziyat yaratmadi, birinçi bölimdagi darvoza sohasiga borgan yagona töğri zarba 7-daqiqada Lisandro Martinesning töğri Donnarummaning qöliga borib tuşgan zarbasi böldi. Şuningdek, bölim oxirida Reşfordning, ikkinçi bölim boşida esa Maynuning zarbalaridan keyin töp ustunga tegdi. Bu vaziyatlardan keyin «MU» son jihatdan ustunlikdan foydalanib, raqibni bosib taşlaşi kutilgandi, ammo bunday bölmadi.
60-daqiqada yana bir mojaroli epizod röy berdi. Gvardiol qanotdan uzatma berdi, olis ustun yaqinida turgan Holand töpni bir teginişda darvoza töriga joyladi. Avvaliga maydondagi hakamlar norvegiyalik hujumçini ofsaydda deb topib, golni bekor qildi. Ammo vaziyatga VAR aralaşib, Holand töğri holatda bölganini maʼlum qildi va gol inobatga olindi.






















