Hukumat qarori bilan Yo‘l harakati qoidalariga yangi yo‘l belgilari kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanali yozmoqda.
Ular:

“Diqqat, temir yo‘l kesishmasini to‘suvchi qurilma”. Mazkur yo‘l belgisi to‘suvchi qurilma bilan jihozlangan temir yo‘l kesishmasiga yetmasdan o‘rnatiladi va haydovchilarni oldinda to‘suvchi qurilma borligi haqida ogohlantiradi.

“Sun'iy yo‘l notekisligi”. Mazkur belgi yo‘lning sun'iy notekislik o‘rnatilgan qismiga yaqinlashayotganlik to‘g‘risida ogohlantiradi. Tezlikni majburiy kamaytirish uchun qo‘llaniladi.

“Tirbandlik”. Ushbu belgi vaqtinchalik yoki tasviri o‘zgaradigan holatda tirbandlik hosil bo‘lgan yo‘l yoki chorrahaga kirish oldidan yo‘lni yoki chorrahani aylanib o‘tish imkoniyati bo‘lgan joyga o‘rnatiladi.

“Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan”

“Portlovchi va tez alangalanuvchi yukni tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan”

“Piyodalar va velosipedchilarning birgalikdagi harakati tashkil etilgan yo‘lak”

“Piyodalar va velosipedchilarning birgalikdagi harakati tashkil etilgan yo‘lakning oxiri”

“Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lak”

































