Amazon asosçisi va dunyoning eng boy odami Jyeff Bezos kompaniya aksiyadorlarini kelgusida kompaniya yirik köngilsizliklarga muqarrar töqnaş kelişi va ular milliardlab dollarlarga tuşişidan ogohlantirdi. U bu haqda özining aksiyadorlarga yöllagan har yillik maktubida ma'lum qilgan.
“Ösiş sari hammasi masştablanişi lozim, jumladan sizning muvaffaqiyatsiz tajribalaringiz ölçami ham. Agar muvaffaqiyatsizliklar köpaymasa, unda siz barçasini harakatlantira oluvçi kölamda biror yangi narsa yarata olmaysiz”, deb yozgan Bezos maktubida.
U Amazon uning darajasidagi kompaniyalarga xos bölgan kölamda tajribalar ötkazmoqçiligini va bu öz ortidan milliardlik yöqotişlarga olib kelişi mumkinligini ta'kidlab ötgan.
“Biz yaxşi loyihalarni amalga oşirişga astoydil harakat qilamiz, biroq ularning barçasi ham özini qoplamaydi. Aksiyadorlarga aytadigan yaxşi yangiligim şuki, bitta yutuqli loyiha muvaffaqiyatsizlik keltirgan qolgan loyihalarning xarajatlarini bir neça marta qoplab yuborişi mumkin”, deb öz sözlarini yakunlagan Bezos.
Milliarder kompaniyaning deyarli bir vaqtda paydo bölgan ikkita loyihasi – Fire smartfoni va Echo “aqlli” karnayini bunga misol tariqasida keltirgan. Uning aytişiça, smartfon muvaffaqiyatsizlikka uçragan va kompaniya 2015 yilda uning işlab çiqarilişini töxtatgan. Smartfonni işlab çiqiş uçun esa 170 mln dollar sarflangan.
“Biz bu loyihalar kelgusida muvaffaqiyatli bölişi u yoqda tursin, yakunda qanday körinişda bölişini ham işonç bilan ayta olmaganmiz”, deb tan olgan Bezos va kompaniya orttirilgan tajribani muvaffaqiyatli mahsulotlar – Alexa ovozli yordamçisiga ega Echo karnayini rivojlantirişda qöllay olganini ta'kidlab ötgan.
Kompaniyaning 2018 yil natijalariga köra sof daromadi 10,1 mlrd dollarni taşkil qildi. Oxirgi 3 yil içida bu qiymat 3 martadan ziyodroqqa köpaygan. Yillik hisobda tuşum 30 foizga oşib, 232,9 mlrd dollargaça yetgan.













