Avstraliya boş vaziri Skott Morrisonning ma'lum qilişiça, WikiLeaks asosçisi avstraliyalik Julian Assanj mamlakat hukumati tomonidan «maxsus» yordam olmaydi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Uning sözlariga köra, Assanjga istalgan avstraliyalikka bölgani kabi odatiy konsullik yordami taqdim etiladi.

Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, WikiLeaks asosçisi qonun oldida javob berişi kerak.

Bundan oldin, Ekvadorda Assanjning şerigi uşlangani xabar qilingandi.

Jurnalist, WikiLeaks sayti asosçisi Julian Assanj josuslik mojarolari haqidagi öta maxfiy materiallarni e'lon qilib kelgan. 2010 yilda Şvetsiyada uni hibsga oliş uçun order berildi. 2012 yilda Assanj Ekvadorning Londondagi elçixonasiga yaşirindi va uşbu davlat rahbariyatidan siyosiy boşpana söradi. U yetti yil davomida elçixonada yaşadi, 2019 yil 11 aprel kuni Ekvador unga boşpana böyiça rad javobi berdi.