2019 yilning aprel oyida taqdim etilgan Jahon halol turizm reytingiga köra, Özbekiston Top-20 röyxatidan örin olgan. Halol turizm ziyoratçilarini qabul qiluvçi IHT mamlakatlari orasida esa Top-10 röyxatiga kiritilgan.  

Global Muslim Travel Index 2019 hisobotida qayd etilişiça, Özbekiston ziyorat turizmi böyiça 18-örinda (2018 yilda - 32 örinda bölgan). Yetakçilik - Malayziya, Indoneziya va Turkiya  mamlakatlarida. Bulardan taşqari, röyxatda Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Marokaş, Baxrayn, Ummon, Bruney, Iordaniya, Eron, Misr, Kuvayt, Tunis, Pokiston, Jazoir, Livan, Bangladeş, Maldiv ham qayd etilgan. Qozoğiston va Ozarboyjon esa Özbekistondan keyin 19- va 20-örinlarni egallagan.  

Halol turizm ziyoratçilarini qabul qiluvçi IHT mamlakatlari reytingida esa Özbekiston 9-örinni egallagan. Ilk uç öringa Saudiya Arabistoni, Turkiya va Marokaş munosib körilgan. Şuningdek, röyxatdan Malayziya, Bahrayn, BAA, Qozoğiston, Eron va Indoneziya mamlakatlari ham joy olgan.  

Global Muslim Travel Index 2019 reytingini tuzişda mamlakatlarning iqlimi, xavfsizligi, iqtisodiyoti va  körsatiladigan xizmatlar kabi omillar hisobga olingan. 

Ta'kidlaş joizki, sönggi yillarda Özbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirişga katta e'tibor qaratilmoqda. Yaqinda Buxoro şahrida ötkazilgan hamda dunyoning turli davlatlari vakillarini özida jamlagan I Xalqaro ziyorat turizmi forumi şular jumlasidandir.