Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Rossiyani Ukraina uchun «asosiy tahdid» deb atadi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, ukrainaliklar Rossiya kabi «asosiy tahdid»ni unutmasliklari kerak. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina saylovlardan so‘ng Rossiyaga bosimni kuchaytirishiga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muzokaralar «global koalitsiya ishonchini yo‘qqa chiqarishi» mumkin.
Poroshenkoning ta'kidlashicha, Ukraina aholisi «o‘z davlatini yo‘qotib qo‘yishi» ehtimoli mavjud.
Bundan oldin, Poroshenko Ukrainaning raketa qalqoni haqida gapirgandi.