2019 yilning 12 aprel kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri örinbosari Alişer Abdualiyev mamlakatga kelgan Finlyandiya işbilarmonlar doiralari delegatsiyasi rahbari, Finlyandiya Respublikasi Taşqi işlar vazirligining taşqi iqtisodiy aloqalar böyiça davlat kotibi örinbosari Markku Keynenen bilan uçraşdi.
TIV xabariga köra, suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi.
Ta'kidlanganidek, Toşkent şahrida Finlyandiya Faxriy konsulligini taşkil etiş davlatlararo aloqalarni tizimli tus olişiga va ikki davlat biznes hamjamiyatlari örtasidagi hamkorlikni faollaştirişga zamin yaratadi.
Xususan, ilğor Finlyandiya texnologiyalarini jalb etgan holda AKT, çiqindilarni boşqariş, quriliş mollari sanoatiga uskunalar joriy etiş hamda oltin qazib oliş sohalarini rivojlantiriş uçun katta salohiyat mavjudligi qayd etildi.
Muloqot çoğida 2019 yilning may oyida Özbekiston–Finlyandiya vazirliklararo siyosiy maslahatlaşuvlarining navbatdagi raundini ötkaziş imkoniyati körib çiqildi.
Tomonlar Savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça Özbekiston-Finlyandiya hukumatlararo komissiyasi faoliyatini tiklaş zarurligini bayon qilib, mazkur komissiya yangi loyihalarni taklif qiliş va amalga oşiriş böyiça qöşma işlarga amaliy tus berişini ta'kidlaganlar.
Muzokaralarda Finlyandiya elçisi Marya Liivala iştirok etdi, deyiladi xabarda.
Bundan oldin, Özbekistonda Finlyandiya faxriy konsulligi oçilgani xabar qilingandi.









