O‘zbekiston | 08:50 / 13.04.2019
15836
2 daqiqa o‘qiladi

Neft mahsulotlari va gazni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 3 apreldagi qarori bilan Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, inspeksiya boshlig‘i etib bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Neft va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan (2017-2019 yillar) Nodir Tohirovich A'zamov tayinlandi.

Nodir Tohirovich A'zamov

N.A'zamov 1996-2002 yillarda Toshkent davlat texnika universitetida neft va gazni qayta ishlash mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan. Shuningdek, 2011-2012 yillarda Seul milliy universitetida (Janubiy Koreya) "Xalqaro energetika siyosati" dasturi bo‘yicha ta'lim olgan. 

U mehnat faoliyatini "O‘zneft mahsulotlarini qayta ishlash" va "O‘zneftmahsulot" kompaniyalarida boshlagan. 2012-2017 yillarda - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilg‘i-energetika majmui, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati axborot-tahlil departamentining yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi vazifasida ishlagan.

Bundan oldin, Energetika vazirligi huzuridagi inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosari ishdan olingani xabar berilgandi.

Mavzuga oid