Xalq ta'limi vazirligi tuzilmasida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi
Hukumat qarori bilan Nosir Nodirovich Xo‘jayev Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining ijrochi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanali xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, jamg‘arma davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi. Quyidagilar jamg‘armaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim muassasalarining kutubxona jamg‘armalari uchun umumta'lim fanlari bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik majmualar bilan ta'minlashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va homiylik xayriyalari, xalqaro moliya institutlarining kredit va grantlari, darsliklar va chet tillari bo‘yicha mashq daftarlarining ijara to‘lovlarini jamlash, ushbu mablag‘lardan samarali foydalanishni tashkil etish;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim muassasalarining ayrim toifadagi, ya'ni birinchi sinf o‘quvchilarini, «Mehribonlik» uylari tarbiyalanuvchilarini, jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning o‘quvchilarini, ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan oilalardagi o‘quvchilarni hamda o‘qituvchilarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bepul ta'minlash maqsadida umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining kutubxona jamg‘armalari uchun umumta'lim fanlaridan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni xarid qilish va yetkazib berishni moliyalashtirish;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim muassasalari o‘quvchilarini ijara asosida ta'minlash uchun umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining kutubxona jamg‘armalariga umumta'lim fanlaridan darsliklar va chet tillari bo‘yicha mashq daftarlarini xarid qilish va yetkazib berishni moliyalashtirish;
ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim muassasalari hamda o‘rta maxsus ta'lim muassasalari uchun bepul va ijara asosida umumta'lim fanlaridan darsliklarni umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining kutubxona jamg‘armalariga xarid qilish va yetkazib berishni moliyalashtirish;
xarid qilishning tasdiqlangan istiqbol kvotalaridagi darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni chop etuvchi nashriyotlar va bosmaxonalarga darsliklarni chakana savdo tarmog‘i orqali sotilishini qo‘llab-quvvatlash uchun qisqa muddatli maqsadli ssudalar ajratish orqali yordam ko‘rsatish;
Jamg‘arma mablag‘larini o‘z vaqtida tushishini ta'minlash va tahlil qilib borish.