14–20-sentabr kunlari Özbekistonda quruq va mavsumiy meyordan issiqroq ob-havo qişloq xöjaligi işlari hamda aholi salomatligida ayrim qöşimça ehtiyot çoralarini talab qiladi.

Hafta davomida kutilayotgan ob-havo bilan iqlimşunos Erkin Abdulahatov taniştiradi.

Qişloq xöjaligiga taʼsiri. Hafta davomida yoğingarçilikning kamligi va kunduzgi haroratning +30…+35 °C, dam oliş kunlari esa ayrim hududlarda +35…+37 °C gaça kötarilişi tuproq namligining tezroq kamayişi va suvga bölgan ehtiyojning ortişiga olib keladi. Ayniqsa, janubiy viloyatlarda issiqlik va quruq havo paxta, sabzavot-poliz hamda keçki ekinlarni parvarişlaşda suğoriş rejimini nazorat qilişni talab etadi.

Kuzgi ekinlar ekiladigan maydonlarda esa yuqori harorat va namlik tanqisligi uruğning unib çiqişi uçun noqulay şaroit yaratişi mumkin. Şu bois namlikni saqlaş va suğoriş muddatlarini töğri belgilaş muhim.

Aholi salomatligi. Kunduzi +35…+37 °C gaça issiq, keçasi esa +13…+18 °C gaça pasayadigan harorat rejimi organizmda katta sutkalik termik farqni yuzaga keltiradi. Bu ayniqsa keksa yoşdagilar, meteosezgir insonlar hamda yurak-qon tomir va nafas yöllari kasalliklari bor kişilarda holsizlik, boş oğriği, uyqu buzilişi va qon bosimi özgarişini kuçaytirişi mumkin.

Namlik yuqori bölgan paytlarda issiqlik yanada oğir seziladi. Şuning uçun kunning eng issiq soatlarida uzoq vaqt quyoşda qolmaslik, jismoniy zöriqişni çeklaş va yetarli suyuqlik isteʼmol qiliş tavsiya etiladi.