«...Sönggi nafasim qolgunça ona Vatanimning sadoqatli farzandi bölib qolişga, harbiy xizmatning butun maşaqqati va qiyinçiliklarini sabot bilan yengişga, davlat va harbiy sirlarni mustahkam saqlaşga ajdodlarim ruhi oldida qasamyod qilaman.
Jonajon Özbekistonimning nurli istiqboli uçun uning davlat manfaatlari va mustaqilligining himoyaçisi bölişga qasamyod qilaman...»

Samarqand garnizonidagi harbiy qismlarda muddatli harbiy xizmatni ötaşga kirişgan bir guruh oddiy askarlar ona Vatanga sodiq xizmat qilişga Samarqand şahridagi Registon maydonida tantanali ravişda harbiy qasamyod qabul qilişdi.

Şu munosabat bilan ötkazilgan marosimda sözga çiqqan Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, Markaziy harbiy okrug qöşinlari qömondoni, polkovnik A. Saidov va boşqalar Özbekiston milliy armiyasi har tomonlama bugungi talablariga mos şakllanganligi, harbiy xizmatçilar uçun yaratilgan şaroitlar, harbiylarimizning jangovar tayyorgarligi va salohiyati sarhadlar daxlsizligini ta'minlaşga qodir ekanligini alohida ta'kidlab ötişdi, deb xabar beradi ÖzA.

— Harbiy xizmat har bir yigit kişini burçi, — deydi oddiy askar Nizom Mamajonov. — Mana şunday burçni ötaş uçun ajdodlarimizning bebaho merosi muazzam Registon maydonida harbiy qasamyod qabul qilganligimiz bizga yanada mas'uliyat, şijoat va ğurur bağişlaydi.

Registon maydonida harbiy qasamyod qabul qilgan askarlarga Prezident sovğasi — « Temur tuzuklari» , «Özbekiston tarixi» kitoblari topşirildi.












