Turli iştibohlardan xoli  davlat siyosati öz yönalişini ijobiy tomonga özgartirib bormoqda. Qisqa muddat içida katta marralarni zabt etiş vazifasi qöyildi. Davlat taşkilotlariga ularning asosiy majburiyati —  xalq bilan muloqot qiliş eslatib qöyildi. Şuning uçun davlat xizmatçilari oldiga yirik masştabdagi topşiriqlar berilyapti. Buni nimasi yomon, dersiz? 

Vatan ravnaqi yölida tinmay mehnat qilişni qoralaş niyatidan yiroqmiz. Ammo masalaning boşqa jihatini ham körib çiqiş lozim: kun-u tun faqat iş bilan band bölgan davlat xizmatçisi oilasiga qança vaqt ajratişi haqida heç öylab körganmisiz? Ayrim hukumat taşkilotlarida ma'lum tizimga qöyilmagan iş vaqti oqibatida jamiyatda qanday muammolar yiğilib qolganligidan xabardormisiz? Sohadagi birgina vaqt muammosi qançalik muhim? Mavzu yuzasidan fikr olişda ijtimoiy hayotda hal qiluvçi öringa ega örta elit qatlam vakillaridan kömak söraldi.

«Tizimli yondaşuvni amaliyotga tatbiq qiliş kerak»

Sotsiolog Zavqiddin Gadoyevning aytişiça, davlat xizmatlarida faoliyat olib borayotgan şaxslarning vaqt me'yorlariga amal qilmasdan işlaşi şaxsiy hayot va salomatlikka putur yetkazişi mumkin.

«Davlat xizmatlarini taşkil etişda tizimli yondaşuv yanada mukammalaşsa, menimça, byurokratiya ança çekinadi, soha xodimlarining zöriqib işlaşiga hojat qolmaydi. Tizimli yondaşuv nimalardan iborat? Elektron hujjatlar almaşinuvi, elektron hisobotlar – bir söz bilan aytganda e-government (elektron hukumat)ni aktivlaştirişimiz kerak», — deydi u.

«Ota-onaning bolaga ajratayotgan kunlik vaqti har yili 3 daqiqaga kamaymoqda»

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi loyiha rahbari Feruza Akramova esa ota oilada namuna obekti bölib, iqtisodiy jihatdan ta'minlovçi şaxsligiga urğu berdi. 

«Şuning uçun u asosiy vaqtini köçada ötkazadi. Lekin bu oilasiga vaqt ajratişni xohlamaydi, deganimas. Iloji boriça farzand tarbiyasiga hissa qöşişni xohlaydi. Harbiylarda tadqiqot ötkazganimizda, farzandlariga qança vaqt sarflaşlari böyiça savol berdik. Ma'lum bölişiça, ular köproq vaqtini oilasi bilan ötkazişni xohlaşadi, ammo xizmatçilik bunga yöl qöymaydi. Ota-onaning farzandiga ajratayotgan vaqti ayni vaqtda 10 daqiqani taşkil qilyapti. Har yili 3 daqiqadan yöqotib boryapmiz», —  deya qayd etgan u.

Akramovaning bildirişiça, otaning bolaga ajratadigan vaqti unda şaxsiy fazilatlarning şakllanişida, öziga bölgan işonçini oşişida katta rol öynaydi.