Sobiq SSSRning barcha respublikalari, garchi kurash olib borilayotgani haqida ma'lum qilsa-da, korrupsiyadan jabr ko‘rmoqda. Bu haqda The Risk Advisory Group tashkiloti o‘zining «Korrupsion chaqiriqlar - 2019» hisobotida ta'kidlaydi.

Hisobot uchta asosiy qismdan iborat: «Korrupsion chaqiriqlar darajasi», «Korrupsiya tahdidi» va «Korrupsiya haqida axborotning yetishmasligi».

Quyida Markaziy Osiyo bo‘yicha sharh keltiriladi:

* yorqin rang bilan korrupsiya darajasi eng kam bo‘lgan davlatlar belgilangan

* to‘q sariq bilan korrupsiya darajasi o‘rtacha bo‘lgan davlatlar belgilangan

* qizil bilan korrupsiya darajasi yuqori bo‘lgan davlatlar belgilangan.

Qozog‘iston

«Korrupsion chaqiriqlar darajasi» 28 ball
«Korrupsiya tahdidi» 10 ball
«Korrupsiya haqida ma'lumot yo‘qligi» 12 ball

Jami: 50 ball

Qirg‘iziston

«Korrupsion chaqiriqlar darajasi» 29 ball
«Korrupsiya tahdidi» 10 ball
«Korrupsiya haqida ma'lumot yo‘qligi» 13 ball

Jami: 52 ball

Tojikiston

«Korrupsion chaqiriqlar darajasi» 39 ball
«Korrupsiya tahdidi» 13 ball
«Korrupsiya haqida ma'lumot yo‘qligi» 20 ball

Jami: 72 ball

Turkmaniston

«Korrupsion chaqiriqlar darajasi» 51 ball
«Korrupsiya tahdidi» 14 ball
«Korrupsiya haqida ma'lumot yo‘qligi» 31 ball

Jami: 96 ball

Turkmaniston sarmoyadorlar korrupsiya bo‘yicha katta muammolariga duch keladigan davlatdir. Turkmanistondan keyingi o‘rinlarda Liviya va Somali joylashgan. Shuningdek, ushbu mamlakatlarda ishonchli ma'lumotlarni olish qiyin ekani bildiriladi.