Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Zelenskiy yutadigan bo‘lsa ukrainaliklar tanlovini hurmat qilishga va'da berdi
Ukraina prezidenti lavozimiga nomzod, amaldagi prezident Pyotr Poroshenko Ukraina xalqi 21 apreldagi prezident saylovlarining 2-bosqichida kimga ovoz berishidan qat'i nazar, uning tanloviga hurmat bilan munosabatda bo‘lishini ma'lum qildi. “Agar, Xudo ko‘rsatmasin, u [Vladimir Zelenskiy] saylansa, unda bu Ukraina xalqi tanlovi bo‘ladi va men uni – har qanday tanlovni hurmat qilaman”, deb aytgan Poroshenko jurnalistlar savollariga javoban.
Amaldagi prezident hech qachon raqibini giyohvand deb atamaganini ta'kidlab o‘tgan. “Men bu haqda uch marta aytganman va 4-marta aytaman: menda Zelenskiy giyohvand ekanligini tasdiqlovchi birorta isbot yo‘q. Va shu sababli hech qachon – ta'kidlayman – uni bunday atamayman”, deb ta'kidlab o‘tgan Poroshenko.
14 aprelda Poroshenko raqibi bilan debatlar o‘tkazgani “Olimpiyskiy” stadioniga kelgan. Aktyor debatlarning 19 aprelda o‘tkazilishini talab qilayotgani sababli, ushbu debatlarga kelmagan. Poroshenko Zelenskiyni bir soatcha kutib, bu orada jurnalistlar savollariga javob bergan. Stadionga debatlarni kuzatgani bir necha ming kishi to‘plangan.
19 aprelda nomzodlar o‘rtasida Ukraina milliy jamoat teleradiokompaniyasi studiyasida debatlar bo‘lib o‘tishi mumkin. Poroshenko 15 aprelda ham ICTV telekanalida Zelenskiy bilan debatlar o‘tkazishga tayyorligini bildirgan.
Mavzuga oid
10:30 / 18.11.2025
Poroshenko Ukraina hukumatining butun tarkibini iste’foga chiqarishni talab qildi
11:00 / 03.11.2025
Zelenskiy Germaniyaga Patriot majmualari uchun minnatdorlik bildirdi
10:49 / 25.10.2025
Zelenskiy: RF neft sektoriga bosimni kengaytirish kerak
08:23 / 25.10.2025