Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 14 aprel kuni davlat taşrifi bilan Toşkentga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.


Toşkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Özbekiston Boş vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.


Ma'lum qilinişiça, davlat taşrifining asosiy tadbirlari 15 aprel kuni Köksaroyda bölib ötadi. Tor va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarda ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilinişi, qator muhim ikki tomonlama hujjatlar imzolanişi rejalaştirilgan.
Prezidentlar Özbekistonda Qozoğiston yilining rasmiy oçiliş marosimida ham iştirok etadi.

Mustaqil Qozoğiston tarixida ilk marta prezident özgarib, Nazarboyev iste'fosidan söng, Toqayev mamlakat rahbari lavozimiga kirişgan. Faoliyatining ilk haftasidayoq Toqayev Qozoğiston poytaxti nomini özgartirişni taklif etdi va parlament buni tasdiqladi.
Uning ilk davlat taşrifi Rossiya Federatsiyasiga, şundan söng Özbekistonga amalga oşirildi.












