Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda prezidentlik saylovlari uchun 24,8 mln dollar ajratish rejalashtirilmoqda
Foto: RIA Novosti/Yevgeniy Biyatov
Qozog‘iston hukumati navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarini o‘tkazish uchun o‘z zaxirasidan qariyb 24,8 million dollar ajratishni rejalashtirmoqda, deyiladi qaror loyihasida.
Avvalroq, moliya vaziri o‘rinbosari Berik Sholpankulov MSK navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga 12 milliard tenge (32 million dollar) so‘ragani haqida xabar berdi. U mablag‘ miqdori kamaytirilishi mumkinligini istisno qilmadi. Keyinchalik MSK ba'zi pozitsiyalarni optimallashtirish bo‘yicha fikrga rozi ekanligini ma'lum qildi.
«Qozog‘iston Respublikasi hukumati zaxirasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida»gi qaror loyihasi tegishli saytda e'lon qilindi, uning muhokamasi 29 aprelga qadar davom etadi.
«Qozog‘iston Respublikasi prezidenti lavozimi uchun 2019 yil 9 iyun kuniga belgilangan navbatdan tashqari saylovlarni o‘tkazishga 2019 yilda respublika budjetida tezkor xarajatlar uchun nazarda tutilgan zaxiradan 9 404 771 000 tenge (24,8 million dollar) ajratilsin», - deyiladi qaror loyihasida.
Markaziy saylov komissiyasiga 24,6 million dollar, Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligiga 150 ming dollar atrofida mablag‘ ajratilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
18:38 / 17.02.2026
Qirg‘izistonda Konstitutsiyaviy sud navbatdagi prezidentlik saylovi sanasiga aniqlik kiritdi
11:58 / 12.02.2026
Zelenskiy saylovlar haqidagi xabarlarni inkor qildi
19:02 / 11.02.2026
AQSh Kiyevdan bahorda prezidentlik saylovlari va referendum o‘tkazishni talab qilmoqda
16:06 / 09.02.2026