Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ombudsmanning vakolatlari kengaytirildi
Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (313-son, 14.04.2019 y.). Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanali xabar bermoqda.
Qonunchilikka muvofiq, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlariga moneliksiz kirish huquqiga ega.
Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi vakili ham reabilitatsiya qilish markazlariga moneliksiz kirish huquqiga ega bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, reabilitatsiya markazi bu muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni ularning shaxsi aniqlangungacha ma'muriy sudning ajrimi asosida o‘ttiz sutkadan ko‘p bo‘lmagan muddatga saqlab turish va reabilitatsiya qilish uchun mo‘ljallangan ichki ishlar organlari tizimidagi davlat muassasasidir.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026