Tahririyatimizga Toşkent viloyati Qibray tumani Qipçoq MFYdan murojaat kelib tuşdi. Murojaatni örganiş maqsadida ijodiy guruhimiz bilan Qibray tumaniga otlandik.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Voqea joyiga borib, devor bilan öralgan joy buzib taşlangan, elektr simlari uzilgan bir vayrona oldidan çiqdik. Şundan söng gap nimada ekanligini biliş maqsadida öz jurnalistik suriştiruvimizni boşladik.
Holatga aniqlik kiritiş maqsadida aynan şu manzilda yaşab kelgan fuqaro Dildora Hamraboyeva bilan suhbatlaşdik.
“Bu yer “Elmadad” taşkilotiga qaraşli bölib, agroturizmni rivojlantiriş loyihasi böyiça investitsiya kiritilayotgan edi, men “Elmadad” korxonasida işlab va bir vaqtning özida şu yerda oila a'zolarim bilan yaşab kelmoqdaman. 7 aprel kuni tonggi soat 8:00 larda tuman hokimligidan odamlar kelişdi. Ulardan biri özini tuman hokimi ekanligini aytib, “Bu yerni buzamiz, bu hududni egasi qani?”, deb söradi. Men korxona rahbarlariga bu haqida xabar berdim.

Şu vaqt orasida hokimiyat vakillari hududni örab turgan devorni maxsus texnika yordamida buzişni boşladi. "Hujjatlaringiz bormi buzişga?"-degan savolimga, “Men bu yerning, hokimiman, sening işing bölmasin” deb javob berdi.
Men buzişga tösqinlik qilişga urindim, biroq uçastka inspektori meni qölimdan uşlab olib ketmoqçi böldi. Mulk egasi yölda kelyapti, uning iştirokisiz buzmay turinglar deyişimga qaramay, kelganlardan biri, “Alişer” ismli şaxs bizni masxara qilganday xohlagan joyidan buzişni boşladi. Bizning qança qarşilik qilişimizga qaramasdan, heç qanaqa hujjatsiz, qoğozsiz bundan taşqari mulk egasining iştirokisiz buzib taşlaşdi”, – deydi Dildora Hamraboyeva.



















