Amerikaning Foreign Policy jurnali şarhlovçisi Zanti Şarff fikriça, yadroviy sohada band bölgan ayollar sonini köpaytiriş global yadroviy uruş xavfini kamaytirişi mumkin.

Şarff öz maqolasida 2006 yilda London Qirollik jamiyati tomonidan ötkazilgan tadqiqotga tayangan. Unda harbiy ziddiyat şaroitida erkaklar va ayollarning xatti-harakatlari modellaştirilgan. Ekspertlarning xulosasiga köra, erkaklar öziga köproq işonadi, bu esa yadro zarbasiga sabab bölişi mumkin, deb yozadi FP şarhlovçisi.

Muallifning qayd etişiça, hozirgi vaqtda yadro qurolini tarqatmaslik böyiça xalqaro muzokaralarda delegatsiyalarning faqatgina törtdan bir qismini ayollar taşkil etadi, ayrim mamlakatlar esa faqat erkaklarni yubormoqda.