Buyuk Britaniyada letters of last resort (sönggi umid xatlari) nima ma’no anglatişini oşkor qilişdi. Avval ularni har bir yangi boş vazir yozişi ma’lum edi xolos. Qolgan hamma narsa sirli parda ostida yaşiringan edi.
Endi ma’lum böldiki, Britaniyaning har bir boş vaziri rasman öz lavozimini egallaganidan keyin mamlakat mudofaa ştabi boşliği bilan alohida suhbat ötkazişi şart.
Uşbu maxfiy suhbatning ma’nosi juda oddiy - harbiylar boş vazirni hatto bitta yadroviy raketa nima qila olişi haqidagi tafsilotlar bilan taniştiradi. Şuningdek, uruş boşlansa, Qurolli Kuçlar qömondonligining rejalari qanday bölişi haqida gapiradi.
Şu asnoda harbiylar mas’uliyatni yangi boş vazir yelkasiga yuklaydi. Hukumat rahbari esa «sönggi umid xatlari»ni yozişga kirişadi. Aniqroği, faqat bitta xat, lekin tört nusxada. Matn faqat qölda yoziladi, yozuv maşinkasi yoki printerdan foydalaniş mumkin emas.
Har bir xatga körsatmalar alohida ilova qilinadi, matnni öqişdan oldin bajarilişi kerak bölgan harakatlar tavsiflanadi. Xatlar konvertlarga muhrlanib, yadroviy raketalar bilan jihozlangan suvosti kemalari kapitanlariga yuboriladi. Suvosti kemasi bortida konvertlar seyf içidagi yana bir seyfga joylaştiriladi.
Xatda boş vazirning qasos quroli rolini öynaşga qodir suvosti kemalari kapitanlariga sönggi buyruği yozilganini taxmin qiliş oson. Xat faqat favqulodda holatlarda oçiladi, masalan, agar duşman tösatdan Londonga zarba bersa yoki bir zarbada Britaniya Qurolli kuçlari rahbariyatini yöq qilsa.
Bularning barçasi nima uçun kerak? Hammasi juda oddiy: maxfiylikning eng yuqori darajasi Buyuk Britaniya hujum qilişga urinayotganda özini qanday tutişini aniq bilişni imkonsiz qiladi.
Xatlar har yangi boş vazir tayinlanganida almaştiriladi. Oldingi boş vazir yozgan xatlar oçilmasdan yöq qilinadi.












