Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misr prezidentiga o‘z lavozimida 2030 yilgacha qolishga ruxsat berildi
Foto: AP Photo/Pavel Golovkin
Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy o‘z lavozimida yana 11 yil qolish imkoniyatini oldi. Buning uchun milliy parlament deputatlari ovoz berishdi.
Ular prezidentlik muddatining 4 yildan 6 yilgacha uzaytirilishini ma'qullashgan. Konstitutsiyaga kiritiladigan yana bir o‘zgarish davlat rahbariga 2 muddatdan ko‘proqqa saylanish huquqining berilishi bo‘ldi.
Shu tariqa, as-Sisiyning 2022 yilda tugaydigan vakolatlari 2024 yilgacha uzaytiriladi. Shundan keyin as-Sisiy 3-muddatga saylanishi mumkin, agar u yutajak bo‘lsa uning bu muddati u 75 yosh bo‘lganda 2030 yilda tugaydi.
Prezidentlik mandati bilan bog‘liq o‘zgarishlardan tashqari, Misr parlamenti yuqori palatasini tashkil etish taklif qilingan. Ushbu palataning 3 dan 2 qismi saylanadi, bir qismi esa prezident tomonidan tayinlanadi.
Bundan tashqari, o‘zgarishlar orasida mamlakat qurolli kuchlari oliy kengashi roziligisiz mudofaa vazirini tayinlash taqiqlanishi bor.
Biroq ushbu o‘zgarishlar uchun xalq ham ovoz berishi kerak. Shu munosabat bilan Misrda tegishli referendum o‘tkaziladi, biroq u qachon o‘tkazilishi hozircha noma'lum.
Mavzuga oid
19:17 / 15.02.2026
Misr kompaniyasi Jizzaxda ikkita shakar zavodi quradi
15:28 / 03.02.2026
Rafah o‘tkazish punkti qayta ochildi: ilk safar qiluvchilar o‘tdi
10:47 / 17.01.2026
O‘zbekistonliklarning Misrga sayohati keskin ko‘paydi: 60,9 ming nafar
12:30 / 22.12.2025