Ayn-Şams universiteti arxeologi Mamduh al-Damati boşçiligidagi tadqiqotçilar guruhi Podşohlar vodiysidagi Tutanxamonning KV62 maqbarasini örganiş natijalarini taqdim etdi.
17-sentabr kuni Amarna Royal Tombs Project seriyasida eʼlon qilingan hisobot 2023–2024-yillardagi dala ölçovlari va avvalgi tadqiqotlar qayta tahlilini birlaştiradi.
Mualliflar gap maqbara yaqinda oçilgani haqida emas, balki töplangan geofizik maʼlumotlarning yangi talqini töğrisida ketayotganini taʼkidlagan.
Izlanişlarga misrşunos Nikolas Rivz 2015-yilda ilgari surgan faraz asos bölgan. Uning taxminiga köra, Tutanxamonning nisbatan kiçik maqbarasi kattaroq podşohlik dafn majmuasining taşqi qismida barpo etilgan, içki xonalar esa devorlar bilan ajratilgan bölişi mumkin.
Rivz katta maqbaraning dastlabki egasi Nefertiti bölgan bölişi mumkinligini taxmin qilgan. Biroq avvalgi geofizik tekşiruvlar bir-biriga zid natijalar bergan.
Yangi tadqiqotda georadar va mikrogravimetriya usullaridan foydalanildi. Mikrogravimetriya tortişiş kuçidagi juda kiçik özgarişlarni ölçab, yer ostidagi jinslar ziçligini aniqlaş imkonini beradi.
Mualliflar ayrim signallarni kömilgan yölak va ehtimoliy yaşirin xonalar belgisi sifatida talqin qilgan. Şu bilan birga, georadar dafn xonasi devorlaridan taxminan ikki metrgaça bölgan masofada aniq böşliqlarni körsatmagan.
Tadqiqotçilar taqdim etgan uç ölçamli sxema topilgan xonalarning tayyor xaritasi emas, balki turli darajadagi işonçga asoslangan modeldir.
Sxemada sariq rang bilan mavjudligi nisbatan işonçli deb baholangan ikkita ehtimoliy xona, binafşa rangda esa işonç darajasi pastroq bölgan qismlar körsatilgan. Ularni boğlovçi yölaklar mavjudligi ham hozirça faraz sifatida qolmoqda.
Ehtimoliy yaşirin böşliqlarning ölçami va hajmi ularning qanday material bilan tölganiga oid taxminlarga boğliq.
Nature naşri suhbatlaşgan mustaqil mutaxassislar natijalarni qiziqiş bilan qabul qilgan, biroq yakuniy xulosa çiqarişga hali erta ekanini taʼkidlagan.
Tadqiqotçilar farazni kiçik teşik burğilaş va unga kamera kiritiş orqali tekşirişni taklif qilmoqda. Buning uçun Misr rasmiylarining ruxsati talab etiladi.












