O‘zbekistonning xalqaro investitsiyaviy reytinglardagi o‘rni qanday?
Bugun, 17 aprel kuni, Oliy Majlis Senati va qator vazirliklar, mutasaddi tashkilotlar, BMT TDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska ishtirokida “Doing business” reytingida O‘zbekiston o‘rnini yuksaltirish: erishilgan natijalar va ustuvor yo‘nalishlar” mavzusida keng qamrovli davra suhbati o‘tkazildi.
Unda birinchi navbatda xorijiy investorlar va mahalliy tadbirkorlar O‘zbekistonda duch kelayotgan investitsiyaviy muhit, eng asosiy muammolar va ularning yechimi muhokama etildi. Investorlarning huquqlari himoya qilinishi bo‘yicha oliy sud, elektr tizimiga ulanishi bo‘yicha “O‘zbekenergo”, kredit olishlari bo‘yicha savollarga Markaziy bank vakillari javob berdilar.
Hozirgi kunda Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” reytingida O‘zbekiston dunyoning 190 mamlakati orasida 146 o‘rindan 76 o‘ringa ko‘tarilgan.
Anjuman ishini boshqargan O‘zbekiston Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev bu katta yutuq ekanligini ta'kidlash bilan birga hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar, yechimini kutayotgan muammolar ham ko‘pligini bildirdi.
Anjuman jarayonida dunyoning eng yaxshi 100 nafar yosh iqtisodchisi ro‘yxatiga kiritilgan yurtdoshimiz, “Shuhrat medali” sohibi Rauf Salaxo‘jayev bilan mavzu yuzasidan suhbatlashdik:
– Xalqaro reytinglarda yuqorilash nimani anglatadi va bu real iqtisodiyotga qanday naf keltiradi?
– Obektiv reytinglarning ahamiyati katta, sababi butun dunyo ishbilarmonlari har bir davlatning investitsion muhitiga alohida e'tibor qaratishadi. Reytinglar esa o‘sha muhitning ko‘zgusi, demak ularni yaxshilashni har bir davlat xohlaydi.
– Ma'lumki juda ko‘plab xalqaro reytinglar bor, bugungi anjuman mavzusiga aylangan indeksning ulardan farqi – o‘ziga xos jihati nimada?
– Chindan ham dunyoda ko‘plab moliyaviy, iqtisodiy reytinglar mavjud va ularning har birining o‘z o‘rni bor. “Doing business” reytingining o‘ziga xos jihati shundaki u aynan ishbilarmonlarga mo‘ljallangan va investitsion muhitga qiziqqan tor doiraga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
17:37 / 12.11.2024
O‘zbekiston taksi xizmati eng arzon davlatlar qatoriga kirdi
16:40 / 12.11.2024
O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorlik reytingida Markaziy Osiyoda so‘nggi o‘rinni egalladi
08:10 / 12.11.2024
O‘zbekistonga Saudiya kompaniyalarining qariyb 2,5 mlrd dollarlik investitsiyalari jalb etiladi
16:52 / 07.11.2024