Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arabian Travel Market: O‘zbekiston Dubaydagi yirik ko‘rgazmada ishtirok etadi
O‘zbekiston Yaqin Sharqda 1994 yildan buyon muntazam ravishda o‘tkazib kelinuvchi eng yirik Arabian Travel Market xalqaro turizm ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda, deya xabar beradi uzbekistan.travel.
Har yili aprel oyida butun dunyodan turizm sohasining 39 mingdan ziyod mutaxassisi va OAV vakillari Dubai International Convention and Exhibition Centre’da to‘planishadi va to‘rt kun davomida o‘zaro tajriba almashishadi, bitimlar imzolashadi, jahon turizmining so‘nggi yangiliklari va trendlaridan xabardor bo‘lishadi.
B2B formatidagi uchrashuvlar natijasida, butun dunyo sayyohlari va turoperatorlari uchun 2800 dan ortiq turistik mahsulot va yo‘nalishlar namoyish qilinadi.
28 apreldan 1 maygacha o‘tkazilishi kutilayotgan navbatdagi ko‘rgazmada O‘zbekiston ham o‘zining milliy stendi bilan ishtirok etadi.
Bunday nufuzli ko‘rgazmada qatnashish yangi bozorlarga chiqish, yangi mijozlar orttirish hamda mavjud aloqalarni mustahkamlash, yangi mahsulotlarni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.
Arabian Travel Market 2019 ko‘rgazmasida ishtirok etuvchilar asosan mehmonxona biznesi vakillari, turoperatorlar, transport kompaniyalari, mehmondorchilik sanoati mutaxassislari, o‘quv muassasalari va ixtisoslashgan ommaviy axborot vositalari.
Shuningdek, Dubaydagi ko‘rgazmada turli anjumanlar, seminarlar, ma'ruzalar o‘tkazilib, ularda turizm sohasining yetakchi ekspertlari o‘z tajriba va bilimlari bilan almashishadi.
Mavzuga oid
17:24 / 21.05.2026
Dubayga olib ketilayotgan qariyb 2 kg oltin to‘xtatib qolindi
14:13 / 04.05.2026
Dubayda ko‘chmas mulk orqali yashash uchun ruxsatnoma olishdagi minimal investitsiya miqdori bekor qilindi
19:38 / 02.05.2026
BAA havo hududini to‘liq ochganini e’lon qildi
08:40 / 31.03.2026