Vazirlar Mahkamasining “Dehqon xöjaliklari va tomorqa yer uçastkalaridan foydalaniş samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatda qayd etilişiça, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari tomonidan yer uçastkalariga qişloq xöjaligi ekinlari ekmaslik holatlari köplab kuzatilmoqda.
2018 yilda ötkazilgan örganişlar natijasida, respublika böyiça 69,4 ming tomorqa yer egalari tomonidan 4,0 ming gektar, jumladan Samarqand viloyatida 995 gektar, Surxondaryo viloyatida 649 gektar, Qaşqadaryo viloyatida 624 gektar, Navoiy viloyatida 384 gektar, Andijon viloyatida 294 gektar, Xorazm viloyatida 215 gektar va Qoraqalpoğiston Respublikasida 323 gektar tomorqa yer uçastkalariga qişloq xöjaligi ekinlari ekilmaganligi aniqlangan.
Qaror bilan Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Suv xöjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi, Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi, Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça respublika kengaşi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va tumanlar hokimliklarining takliflarini inobatga olib, quyidagilar:
Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda 2019 yilda dehqon xöjaliklari va tomorqa yer uçastkalariga qişloq xöjaligi ekinlarini joylaştiriş körsatkiçlari;
Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda 2019 yilda dehqon xöjaliklari va tomorqa yer uçastkalarida yetiştiriladigan qişloq xöjaligi mahsulotlarining prognoz körsatkiçlari;
Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda 2019 yilda dehqon xöjaliklari va tomorqa yer uçastkalarida yetiştiriladigan qişloq xöjaligi mahsulotlarini realizatsiya qilişning prognoz körsatkiçlari;
Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda 2019 yilda dehqon xöjaliklari va tomorqa yer uçastkalarida qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş uçun talab etiladigan uruğlik, mineral öğit va yoqilği-moylaş materiallari hajmlari va mablağlari hisob-kitobi tasdiqlandi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari, Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlaniş vazirligi, Suv xöjaligi vazirligi, "Özagrokimyohimoya‘' aksiyadorlik jamiyati, “Özkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati, "Özneftmahsulot" aksiyadorlik jamiyati, Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi, Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça respublika kengaşi:













