Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident farmoni: Agrar universitet Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufiga berildi
Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident farmoni qabul qilindi (PF–5708, 17.04.2019 y.).
Adliya vazirligi telegram kanali xabar qilinishicha, farmon bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi.
Unga muvofiq, Vazirlik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.
Quyidagilar Vazirlikka o‘tkazildi:
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta'minoti ilmiy ishlab chiqarish markazi (Fanlar akademiyasidan);
Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi (Hukumat tasarrufidan);
Urug‘chilikni rivojlantirish markazi (Innovatsion rivojlanish vazirligidan).
Shuningdek, Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallari ham Vazirlik tasarrufiga berildi.
Farmonga muvofiq, qishloq xo‘jaligida agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish va o‘simliklar himoyasini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘riladi hamda Vazirlik huzurida ixtisoslashgan xizmat tashkil etiladi.
Shuningdek, 2019-2021 yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun foydalanilmayotgan yer maydonlarini o‘zlashtirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi.
Mavzuga oid
11:46 / 19.06.2026
Jahon banki O‘zbekistonga qishloq infratuzilmasini rivojlantirish uchun 150 mln dollar ajratadi
18:05 / 16.06.2026
“E, onangni... 11 gacha yopmasang, tiqib yuboraman!” - Muzrabotda fermerlar haqoratlandi
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
20:28 / 14.05.2026