Özbekistonda poytaxtning öziga xos renovatsiyasi boşlandi. Uylarni buziş muammosi köpçilikka daxl qilmoqda. Tez orada hokimlik Toşkent şahrining yangi boş rejasi konsepsiyasini taqdim etişi lozim.

RBK naşri jahon mamlakatlarida eski uylarni buziş muammosi qanday hal qilinişi haqida maqola tayyorladi. Ayni paytda bu muammo Rossiyada ham dolzarb hisoblanadi.

 Pekinning markaziy rayonlari renovatsiyasi. Sabablar

1980-yillar oxirlariga kelib, Xitoy poytaxti markazidagi uylarning aksariyat qismi xarob ahvolga kelib qolgandi. Aholi turmuş tarzi havas qilgudek emasdi: 1985 yilda Pekindagi xonadonlarning yarmidan köpi öz oşxonasiga, 60%dan ortiği şaxsiy hojatxonasiga ega emasdi va oilalarning yarmigina suv tizimiga ega edi. Kişi boşiga örtaça 8,7 kv. metr yaşaş maydoni töğri kelardi. Markaziy rayonlarda ayniqsa uy-joy muammosi dolzarb edi.

Foto: Greg Baker / AP

Pekinning markaziy rayonlari renovatsiyasi. Jarayon

1987-1990 yillarda şahar hukumati bir neçta markaziy kvartallarda sinov renovatsiya dasturini ötkazdi, 1990 yilga kelib esa markazdagi eski binolarni buziş va qayta quriş böyiça töliq miqyosdagi dasturni yölga qöydi. Böşagan uçastkalar örniga köp xonadonli uylar va tijoratga möljallangan binolar quriş rejalaştirildi. Asosiy vazifa renovatsiya loyihalarini moliyalaştiriş va amalga oşiriş uçun developerlarni jalb etiş edi. hukumat dasturini amalga oşiriş va qöllab-quvvatlaş bilan şuğullanuvçi maxsus xizmat taşkil etildi. Munitsipalitet vaziyat nisbatan oğir bölgan törtta rayon uçun 200 mln yuan (37 mln dollar atrofida) ajratdi, developerlar esa soliq imtiyozlariga ega bölişdi.

1980-yillar oxiridagi xususiy investitsiya uçun şaroit yaratgan yerdan foydalaniş islohoti dasturni ötkazişga xizmat qildi: yerga egalik huquqi bilan operatsiyalar ötkazişga ruxsat berildi. Bundan taşqari, mahalliy hukumat moliyaviy islohotlar fonida yerdan foydalaniş huquqini sotiş imkoniyatiga ega böldi, bu esa infrastrukturani investitsiyalaşda qöşimça daromad bilan ta'minladi.