Çempionlar ligasida çorak finalning eng çiroyli 4 gol saralab olindi. UYeFA rasmiy saytida bu gollardan eng yaxşisini tanlaş uçun ovoz beriş jarayoni ötkazilmoqda.

Bu bosqiçning eng çiroyli goli böliş uçun «Barselona» yarimhimoyaçisi Filippe Koutinoning «Mançester Yunayted»ga goli (3:0), David Neresning («Ayaks») «Yuventus»ga birinçi öyinda urgan goli (1:1), Rahim Sterlingning («Mançester Siti») «Tottenhem Hotspur»ga qarşi javob uçraşuvida urgan goli (4:3) va Lionel Messining («Barselona») «MYu» darvozasiga yöllagan goli da'vogarlik qilmoqda.

Ovoz beriş natijalari 19 aprel kuni e'lon qilinadi.

Bundan avvalroq haftaning eng yaxşi futbolçisi böliş uçun nomzodlar e'lon qilingandi. Bu röyxatdan «Barselona» hujumçisi Lionel Messi, «Ayaks» himoyaçisi Mateys de Ligt, «Tottenhem Hotspur» forvardi Son Xin Min va «Liverpul» hujumçisi Roberto Firmino joy olgan.