Toshkent shahar Ma'muriy sudi raisi: Mansabdor shaxslarning qarorlarini bekor qilish masalasi anchayin jiddiy muammo
17 aprel kuni Toshkent shahar sudlari raislarining 2019 yilning 1-choragida odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyati yakunlari yuzasidan brifingi bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahar Ma'muriy sudi raisi Ne'matjon Akbarovga ko‘ra, shahar va tuman sudlariga birinchi chorakda 14090 nafar shaxsga nisbatan 12910 ta ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar birinchi bosqichda ko‘rish uchun kelib tushgan.
«Mansabdor shaxslarning qarorlarini bekor qilish masalasi bo‘yicha to‘xtaladigan bo‘lsak, bu anchayin jiddiy muammo. Yashnobodda uy-joylar, yer masalasi bo‘yicha chiqarilgan hokimning qaroriga tuman prokurori tegishli shaharsozlik normalaridan kelib chiqib protest keltirmoqda. Asosan ommaviy huquqiy munosabatlarda hokimlar tomonidan chiqarilgan yer bilan bog‘liq qarorlar yuzasidan ma'muriy ishlar ko‘rilmoqda. Misol uchun, shahar miqyosida mingta shunday ish bo‘lsa, undan 283 tasi hokim qarorlari yoki davlat mansabdor shaxslarining boshqaruv sohasidagi faoliyati ustidan ko‘rilgan.
Hozirda guvohi bo‘lishingiz mumkin, Toshkentda asosan qurilish-buzish masalalari avj olgan. Bunda o‘z-o‘zidan kadastr hujjatlari, fuqarolarning «propiska» bilan bog‘liq masalalari yuzasidan ishlar sezilarli darajada ko‘paydi.
Yana shunday ishlar borki, bir firmaga qarashli yerni boshqa firmaga berib yuborish va o‘rtada ikkita firma sudlashib yotgan holatlar ham uchrab turibdi», - dedi Ne'matjon Akbarov.
Mavzuga oid
12:21 / 10.01.2019
Ma'muriy sudlarda davlat bojini to‘lashdan kimlar ozod qilinadi?
16:31 / 23.04.2018
Ma'muriy sud vafot etgan fuqaroning huquqini tikladi
22:47 / 07.04.2018
Ma'muriy sud tomonidan Qo‘yliq bozorida noqonuniy faoliyat yuritgan ayolga nisbatan javobgarlik masalasi ko‘rildi
17:21 / 02.02.2018