Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Varshava-Toshkent to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslarini yo‘lga qo‘yish taklif etildi

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi delegatsiyasi vakillarining Polshaga tashrifi doirasida Varshava va Toshkent shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslarini yo‘lga qo‘yish taklif etildi. Qo‘mita matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Tashrif davomida Polshaning yirik turistik kompaniyalari “Rainbow”, “Itaka” vakillari hamda “Varshava turizm uyi” prezidenti Anjyey Shimanskiy bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvlar davomida O‘zbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda mamlakatning turizm salohiyati va imkoniyatlari to‘g‘risida ma'lumotlar berildi.
Polshaning yirik turizm kompaniyalari vakillari O‘zbekistonda turizmini rivojlantirishga oid takliflarini bildirishdi. Xususan, O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan sayyohlar uchun 24 soat davomida ishlaydigan chegara punktlari haqidagi ma'lumotlarni ko‘paytirish, shuningdek, O‘zbekistonga sayohat qiluvchi polshaliklar soni ortib borayotganini inobatga olib, Varshava va Toshkent shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslarni yo‘lga qo‘yishga doir takliflar ilgari surildi.
Bundan tashqari, Polshaning umummilliy turizm palatasi vakillari O‘zbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolashga tayyor ekanligini ma'lum qilishdi.
Uchrashuv yakunida Polshada 150 ta filiali mavjud bo‘lgan “Rainbow” turistik kompaniyasi bilan O‘zbekistonda yangi sayyohlik marshrutlarini o‘rganish va ishlab chiqish uchun info-turlar tashkil etishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonning Belarusdagi turizm elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 08:51
-
Rossiya armiyasi haqidagi «feyklar» ishi bo‘yicha ayblanuvchilar «terrorchilar ro‘yxati»ga kirdi
Jahon | 08:40
-
Qirg‘iziston O‘zbekistonda kigiz mahsulotlari ishlab chiqarmoqchi
Iqtisodiyot | 08:30
-
AQSh sobiq davlat kotibi Rays Trampning Rossiyaga ultimatumini qo‘llab-quvvatladi
Jahon | 08:18
Mavzuga oid

12:27 / 21.07.2025
Manama va Toshkent o‘rtasida havo qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

09:08 / 21.07.2025
O‘zbekistonga iyunda xorijdan 1,1 mlnga yaqin sayyoh keldi

15:12 / 14.07.2025
Singapurliklar uchun O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslar tashkil etiladi

14:44 / 14.07.2025