Markaziy bank boşqaruvi 20 aprel kuni qayta moliyalaş stavkasini yillik 16 foiz darajasida özgarişsiz qoldiriş haqida qaror qabul qildi.
Markaziy bank matbuot xizmatiga köra, uşbu qaror pul-kredit siyosatining inflatsiyani jilovlaş va inflyatsion kutilmalarning pasayuvçi trendini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan joriy şaroitlarini saqlab qoliş zaruriyatiga asoslandi.
Inflatsiya va inflyatsion kutilmalar. 2019 yilning I çoragi yakunlariga köra, yillik inflatsiya darajasi Markaziy bankning asosiy prognoz koridorining (13,5-15,5 foiz) quyi çegarasida şakllanib, 13,6 foizni taşkil etdi. Bunda, yillik inflatsiya dinamikasi 2018 yilning I çoragidan farqli ravişda biroz ösuvçi tendensiyani namoyiş etdi.
Umuman olganda, 2019 yilning I çoragida inflatsiya darajasi ayrim oziq-ovqat mahsulotlari taklifi qisqarişi kabi mavsumiy omillar, şuningdek, tartibga solinadigan narxlarning 2018 yil noyabrdagi oşirilişi, kreditlaşning yuqori sur'atlari saqlanib qolişi, QQS bazasi kengaytirilişi hamda milliy valutaning nisbatan qadrsizlanişi ta'siri natijasida şakllanib, kutilgan darajadan pastroq böldi.
Uşbu davrda 2019 yil uçun bazaviy prognozda keltirilgan xatarlarni röyobga çiqiş ehtimollari pasayib, ayrim xatarlarning ta'sir darajasi kamaygan bölsa-da, biroq ularning ta'sir muddatlari uzaydi.
Xususan, tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortiş mexanizmining özgarişi hamda 2018 yil noyabr oyida energiya resurslari tariflari oşişi içki narxlarda töliq öz aksini topmadi va uşbu jarayon katta ehtimol bilan ma'lum bir vaqt davom etadi.
Ötgan yillardagi kabi inflatsiyani oşiruvçi asosiy omil oziq-ovqat narxlarining ösişi bölib, uning çoraklik inflatsiyaga qöşgan hissasi 2,8 foiz bandni taşkil etdi. Şu bilan birga, inflatsiyaga nooziq-ovqat tovarlari narxlarining ta'siri hissasi 1 foiz bandgaça pasaydi, xizmatlar hissasi esa 0,5 foiz bandni taşkil etdi.
2019 yilning I çoragida inflatsiya darajasining prognoz körsatkiçlari doirasida bölişi, içki bozorda tovar va xizmatlar taklifining ösişi, şuningdek, milliy valuta almaşuv kursining nisbatan barqarorligi qisqa va örta muddatli inflyatsion kutilmalarning pasayişiga xizmat qildi.
Xususan, aholi va biznes sub'yektlarining inflyatsion kutilmalari, yanvar oyidagi ösişdan keyin kamayib boruvçi trendni namoyiş etdi. Şu bilan birga, örta muddatli inflyatsion kutilmalar indeksi körsatkiçlari qisqa muddatli inflyatsion kutilmalarnikiga nisbatan yuqori böldi. Bu öz navbatida, respondentlar orasida örta muddatli istiqbolda narxlarning ösişiga oid xavotirlari saqlanib qolayotganini körsatmoqda.












