So‘nggi vaqtlarda o‘zbekistonliklar turar joy binolarining buzilishi bilan bog‘liq muammolarni tobora ko‘proq muhokama qilishmoqda. Mavzuning dolzarbligini inobatga olib, Kun.uz «Sizning fikringiz» Telegram kanalida so‘rov o‘tkazdi.
So‘rov onlayn tarzda o‘tkazilgani uchun so‘ralganlarning jinsi, yoshi va boshqa omillar inobatga olinmagan. Bundan tashqari, har bir savolga turlicha sondagi respondentlar (o‘z xohishiga ko‘ra) javob berishgan, ya'ni bir savolga 50 kishi javob bergan bo‘lsa, boshqasiga 65 kishi va h.k.
Respondentlardan uylarni buzish holatlari O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda, degan fikrga qo‘shilasizmi, deb so‘ralgan. 359 nafar respondentning 83 foizi uylar buzilishi chindan ham islohotlarga salbiy ta'sir o‘tkazadi, deb qayd etishgan. 17 foiz qismi esa bu ishlar islohotlarga hech qanday ta'sir o‘tkazmaydi, deb hisoblaydi.

Umuman olganda, uylarni buzilishi muammosi haqiqatdan ham islohotlarga salbiy ta'sir o‘tkazadi, chunki qonunchiligimizda bo‘shliqlar juda ko‘p. E'tibor bering, mamlakatda standart va aniq bir tartibning o‘zi ham yo‘q. Agar Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida quruvchi bir tizimda ishlasa, Sergeli tumanidagi quruvchi o‘zgacha tizimda ish olib boradi.
Masalan, shu kunlarda Adliya vazirligi hokimliklarning ko‘chmas mulk egasiga davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlarni to‘liq qoplash to‘g‘risidagi kafolat xati qonunchilik hujjatlari bilan nazarda tutilmagani haqida bayonot berdi. Vazirlik, shuningdek, kafolat xati turarjoy ko‘chmas mulkiga egalik huquqining paydo bo‘lishi va o‘tishini tasdiqlovchi hujjat ham bo‘lolmasligini tasdiqlagan. Bundan kelib chiqadiki, mahalliy hokimiyat organlari vakillarining aksariyati aholiga noqonuniy hujjatlar taqdim etib kelishmoqda.
Bundan tashqari, 15 aprel kuni Toshkentda g‘arb diplomatik vakolatxonalari vakillari, xalqaro va mahalliy huquq himoyachilari, shuningdek, tadbirkorlar va jurnalistlar so‘nggi vaqtlarda mamlakatda jamoatchilikning keskin noroziligini uyg‘otayotgan O‘zbekistonda uylarni noqonuniy buzish va qurishga doir masalalarni

















