Meksika mafiyasi prezident Andres Manuel Lopes Obradorga tahdid qila boşladi. Mafiya Guanaxuato ştatidagi Selayya şahridagi köprikda Lopes Obradorga tahdid bildirilgan plakatni osib qöygan.

Noticaribe portalining xabar berişiça, “Santa-Rosa-de-Lima” karteli özining Bosqon (Kuvalda) laqabli yetakçisi prezidentdan Guanaxuatodagi maxsus operatsiyani töxtatişni söragan, aks holda katta muammolar va zöravonliklar va'da qilgan plakatlarni osib qöygan.

Ta'kidlanişiça, Guanaxuatoda yonilği quvurlaridan yonilği öğirlovçi mafiya – “uaçikoleros”ga qarşi operatsiya olib borilmoqda va Bosqon u yerdan dengiz piyoda qöşinlari va harbiylarni çaqirtirib olişni talab qilgan. Bunga esa operatsiya vaqtida kartel yetakçilaridan birining federal kuçlar bilan otişmada ölgani sabab qilib körsatilgan.  

Oxirgi yillarda ştatda zöravonlik avj olgan. 2018 yil mayida bu yerda bir neça kun içida 60 dan köproq odam, iyulda esa yana 40 odam öldirilgan. Bir neçta narkokartel Guanaxuatoga egalik qiliş uçun talaşib keladi.

Lopes Obrador 2018 yil oxirida prezident lavozimini egallagaç, yonilği öğirlanişiga qarşi kuraşni e'lon qilgan. Hukumat quvurlardan yonilği öğirlanişiga çek qöyiş maqsadida uni sisternalarda yetkazişga ötgan. Bundan taşqari, barça neftni qayta işlovçi zavodlar va transport tizimining strategik obektlariga qöşinlar kiritilgan. Bularning barçasi yoqilği quyiş şoxobçalariga benzin yetkazilişida uzilişlar bölişi va katta navbatlar yuzaga kelişiga olib kelgan.