Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shri-Lankada seriyali teraktlar sodir etildi. Qurbonlar ko‘p
Shri-Lankadagi mehmonxonalar va katolik cherkovlarida 6ta terakt sodir etildi. Reuters xabariga ko‘ra, bu vaqtda katoliklar Pasxa bayramini nishonlashayotgandi.
Xabarda aniqlik kiritilishicha, portlashlar poytaxt Kolombo shahridagi 3 mehmonxona (Shangri La, Cinnamon Grand va Kingsbury) va bir cherkovda, shuningdek poytaxt yaqinidagi Negombo shahrida joylashgan ikki cherkovda ro‘y bergan.
BBC News mahalliy nashrlarga asoslanib xabar berishicha, portlashlar oqibatida kamida 40 kishi halok bo‘lgan va 300dan ortiq kishi jarohatlangan.
Qurbonlar orasida xorijlik sayyohlar bo‘lishi mumkin.
Hozircha teraktlar uchun hech bir tashkilot javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Mavzuga oid
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
23:56 / 27.04.2026
Shri-Lankada mojaro: 23 rohib 110 kg nasha kontrabandasi uchun hibsga olindi
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026