2019 yilning yanvar – martida Özbekiston Respublikasi YaIM hajmi joriy narxlarda 91 097,7 mlrd. sömni taşkil etdi va 2018 yilning yanvar – marti bilan taqqoslaganda 5,3%ga ösdi. 

Davlat statistika qömitasi ma'lumotlariga köra, YaIM deflyatori indeksi 2018 yilning yanvar – martidagi narxlarga nisbatan 120,4 foizni taşkil etdi. Aholi jon boşiga hisoblangan YaIM 2 734,4 ming sömni taşkil etdi va bu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 3,4%ga yuqori.

Iqtisodiy ösiş sur'ati iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kuzatilgan ijobiy dinamika bilan boğliqdir. Iqtisodiyotning barça tarmoqlarida yaratilgan yalpi qöşilgan qiymat (YaQQ) hajmi YaIM umumiy hajmining 88,7%ini taşkil etdi va 5,2%ga ösdi (YaIM mutlaq ösişiga ta'siri 4,5 foiz punktni taşkil etdi). Mahsulotlarga sof soliqlarning YaIM tarkibidagi uluşi 11,3%ni taşkil etdi va 5,8% darajasida ösiş qayd etildi (YaIM mutlaq ösişiga ta'siri 0,8 f.p.). 

YaIM ösiş sur'atiga xizmatlar sohasi eng katta ta'sir körsatdi (2,0 f.p.) va bu soha ötgan yilning mos davriga nisbatan 5,0%ga ösdi. Şundan, savdo xizmatlari (avtotransport vositalarini ta'mirlaşni qöşgan holda) 4,2%ga, yaşaş va ovqatlaniş böyiça xizmatlar 3,7%ga, taşiş va saqlaş 4,6%ga, axborot va aloqa 2,7%ga va boşqa xizmatlar 5,7%ga ösdi. 

Sanoat tarmoğining qöşilgan qiymatida 6,8%lik ösiş qayd etildi. Sanoat işlab çiqarişining YaIM mutlaq ösiş sur'atiga ijobiy ta'siri 1,8 f.p. darajasida baholandi. Sanoat tarmoğidagi ijobiy dinamika toğ-kon sanoati va oçiq konlarni işlaş tarmoği qöşilgan qiymatining 4,8%ga, işlab çiqaradigan (qayta işlaş) sanoat tarmoği qöşilgan qiymatining 7,6%ga va boşqa sanoat tarmoqlarining 5,5%ga ösişi hisobiga ta'minlandi. 

2019 yilning yanvar – marti yakunlari böyiça, işlab çiqaradigan (qayta işlaş) sanoati qöşilgan qiymati tarkibida eng katta uluş metallurgiya va metallni qayta işlaş sanoatiga (maşina va uskunalardan taşqari) töğri keldi va 36,7%ni taşkil etdi. Töqimaçilik mahsulotlari, kiyim, teri va unga tegişli mahsulotlar işlab çiqarişning uluşi 14,6%, oziq-ovqat mahsulotlari, içimliklar va tamaki mahsulotlarini işlab çiqariş - 13,6%, kimyo mahsulotlari işlab çiqariş - 8,7%, rezina, plastmassa buyumlar va boşqa nometall mineral mahsulotlar işlab çiqariş - 8,4%, avtotransport vositalari, treylerlar, yarim pritseplar hamda boşqa transport uskunalari işlab çiqariş - 6,3%, elektr uskunalar işlab çiqariş - 2,8% va işlab çiqaradigan (qayta işlaş) sanoatining boşqa mahsulotlarini işlab çiqariş - 8,9%ni taşkil qildi.