Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In Rossiyaga kelishni orzu qilgani haqida gapirdi
KXDR yetakchisi Kim Chen In azaldan Rossiyaga tashrif buyurish orzusi bo‘lganligi haqida so‘zlab berdi. Bu haqda u Primore o‘lkasidagi Xasan stansiyasiga to‘xtalganida bildirgan.
Uning so‘zlariga qaraganda uzoq vaqtdan beri Rossiyaga kelishni orzu qilgan, ammo davlat rahbarligini boshlaganidan so‘ng yetti yil o‘tganidan keyingina bunday imkoniyat tug‘ilgan.
«Tez orada yana mamlakatingizga tashrif buyurishga umid qilaman», – degan u yig‘ilganlarga qarata.
Kim Chen In KXDR va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash niyatida ekanligini bildirgan.
Vladimir Putin 25 aprel kuni KXDR rahbari bilan uchrashish uchun Vladivostokka yetib keladi. Shundan so‘ng Rossiya prezidenti «Bir makon, bir yo‘l» ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etish uchun Xitoyga yo‘l oladi.
Mavzuga oid
15:55 / 13.02.2026
Kim Chen In qizini voris sifatida tanlab bo‘lgan – Janubiy Koreya razvedkasi
14:43 / 30.01.2026
Kim Chen In KXDRni “o‘zgartirish”ga va’da berdi
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
21:21 / 26.12.2025