Qozoğiston prezidenti, hukmron “Nur Otan” partiyasidan markaziy saylov komissiyasiga prezident saylovlari uçun nomzod sifatida röyxatdan ötiş uçun ariza bergan Qosim-Jomart Toqayev davlat tili, ya'ni qozoq tilini biliş böyiça imtihon topşirdi.
“Biz, ehtimol, eng asosiy da'vogar – amaldagi Qozoğiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevdan imtihon qabul qildik. U davlat tilini mukammal biladi”, deb xabar qilgan lingvistik komissiya raisi Mirzatoy Joldasbekov.
Davlat tilini erkin biliş Qozoğiston prezidenti lavozimiga nomzod sifatida qayd qiliniş uçun majburiy hisoblanadi.
Şuningdek, Qozoğiston qonunçiligiga köra, nomzod Qozoğistonda tuğilgan, oxirgi 15 yil mamlakatda yaşagan, oliy ma'lumotli va 40 yoşdan kiçik bölmasligi kerak. U, şuningdek, kamida 5 yil davlat işi yoki davlat lavozimlarida işlagan bölişi lozim.
Qozoğistonni deyarli 30 yil boşqargan Nursulton Nazarboyev 20 mart kuni prezident vakolatlarini topşirdi. Uning örnini bungaça parlament senati raisi bölgan Toqayev egalladi. 23 aprelda “Nur Otan” partiyasi qurultoyida Nazarboyev 9 iyunda ötadigan navbatdan taşqari prezident saylovlarida iştirok etiş uçun Toqayev nomzodini ilgari surdi.













