O‘zbekiston | 17:59 / 24.04.2019
8933
2 daqiqa o‘qiladi

Rasmiy sektordagi bandlik o‘sdi, biroq O‘zbekiston aholisining katta qismi hamon norasmiy sektorda

Foto: iStock

O‘zbekistonda 2019 yilning I choragida mehnat resurslari miqdori mehnatga layoqatlilar sonining 183,2 ming kishiga ortgani hisobiga 18,9 mln kishini tashkil etdi. Bu 2018 yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 1 foizga ko‘p, deb xabar bermoqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi.

Ijtimoiy faol aholi soni esa 14,7 mln kishiga yetgan (2018 yil yanvar-mart oylariga nisbatan 1 foiz yuqori). 

Shu bilan birga, rasmiy ijtimoiy sektordagi bandlik 5,4 mln kishini tashkil qiladi. Mazkur ko‘rsatkich ijtimoiy sohada band bo‘lganlar (92,2 mingga), shuningdek, patentga ega yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlar (76,9 mingga) ortishi hisobiga 176,3 mingga (3,4 foizga) ko‘paygan.

Norasmiy sektordagi bandlik o‘tgan yilgi ko‘rsatkich bilan bir xilda qolgan – 7,9 mln kishi. Bunda vaqtinchalik bir martalik va mavsumiy ishlarni bajaruvchilar soni (41,9 mingga) oshgani kuzatilgan, mehnat shartnomalarisiz ishlayotganlar va maxsus ruxsatnomasiz tadbirkorlik faoliyatini olib borayotganlar soni esa umumiy olganda biroz (3,6 mingga) kamaygan.

Bundan oldin, O‘zbekistonda ishsizlik darajasi necha foiz ekani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid