Rossiyalik milliarder Oleg Tinkov öziga Antarktika muzlaridan öta oluvçi dunyodagi ilk yaxtani buyurtirdi. Yaxtaning xaridi 100 mln yevrodan köproqni taşkil qilgan. 

SeaExplorer muzyorar-yaxtasi Gollandiyaning Damen verfi tomonidan sayyoramizning olis burçaklariga ekspeditsiyalar taşkillaştiruvçi AQŞning Eyos Expedition kompaniyasi bilan hamkorlikda qurilgan. Yaxta eksplorer toifasidagi kemalarga kiradi, bunday kemalar qayta yonilği bilan töldirilmagan holda uzoq vaqt suza oladi hamda katta tölqinlar va muzlarni keça oladi.

Foto: itboat.com

Rossiyalikning yaxtasi 40 kun avtonom suza oladi. 77 metrlik yaxtada batiskaf, 4 ta suv mototsikli, ikkita snegoxod va vertolyot bor. Yaxta mustahkamlangan korpusi evaziga 30-40 santimetrgaça qalinlikdagi muzlarni yora oladi. SeaExplorer taqdimoti 2020 yilda Monakoda ötişi rejalaştirilgan.

Foto: itboat.com

Milliarder yaxtada yiliga 20 haftaga yaqin vaqt ötkazmoqçi, qolgan vaqt esa uni haftasiga 690 ming yevrodan ijaraga berişni rejalaştirmoqda. Bankirning aytişiça, dunyoning 2-raqamli eng boy odami Bill Geyts yaxtada 3 hafta ötkazişga qiziqiş bildirgan, rossiyalik milliarderlardan biri esa uni yarim yilga ijaraga olmoqçi. “Bu yaxting, ammo mutlaq özgaça. Bu Sen-Tropeda özini köz-köz qilib, martini içiş haqida emas, bu tadqiqot haqidadir”, deb aytgan “Tinkoff bank” asosçisi.

Forbes Oleg Tinkovning boyligini 2,2 mlrd dollarga baholagan. U Rossiyaning eng boy tadbirkorlari röyxatida 47-örinni egallamoqda. 

Foto: itboat.com