Buyuk Britaniya rossiyalik tadbirkor Oleg Tinkovga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi, deb xabar berdi Britaniya hukumati sayti 20 iyul, payşanba kuni. Tinkovning ismi yangilangan sanksiyalar röyxatida körinmadi. Hujjatda sanksiyalarni bekor qiliş sababi körsatilmagan. Biznesmen tomonidan yaratilgan, uruşdan keyin milliarder Vladimir Potanin tuzilmalariga sotilgan «Tinkoff bank» hali ham çeklovlar ostida.

Oleg Tinkovga qarşi sanksiyalar 2022 yil martida, Ukrainada harbiy harakatlar boşlanganidan köp ötmay joriy qilingan. Ayni paytda tadbirkor bu uruşga qarşi bir neça bor bayonot bilan çiqqan. May oyida u Rossiya bilan xayrlaşgani haqida post e’lon qildi, u yerda, öz sözlari bilan aytganda, «heç narsasi qolmagan». 2022 yil oktyabr oyida Tinkov Rossiya fuqaroligidan voz keçganini aytdi. 

Tinkov Buyuk Britaniya Taşqi işlar vazirligiga sanksiyalarni bekor qiliş talabi bilan murojaat etgan. Bloomberg yozişiça, tadbirkor özidan sanksiyalar olib taşlanişi «ğarb sanksiyalari barça rossiyaliklarga emas, faqat uruşni qöllab-quvvatlovçilarga qarşi qaratilganligidan dalolat beradi», deb aytgan. 

Britaniyalik milliarder va Virgin Group asosçisi Riçard Brenson hamda rossiyalik siyosatçi Mixail Xodorkovskiy ham Oleg Tinkovga qarşi sanksiyalarni bekor qiliş iltimosi bilan Londondagi hukumatga murojaat etdi. Uruş boşlanganidan beri Buyuk Britaniya birinçi marta yirik rossiyalik tadbirkorga nisbatan qöllagan jazo çoralarini bekor qildi.