Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşiga oçiqçasiga qarşi çiqqan, oqibatda Rossiya fuqaroligidan ham voz keçgan rossiyalik biznesmen Oleg Tinkov jurnalist Yelizaveta Osetinskayaga intervyu berdi. U RF prezidenti administratsiyasi «Tinkoff» bankini sotişga qanday majburlagani, uruş haqida rus amaldorlari qanday fikrda ekani, Rossiyada xususiy biznesning yaqin istiqboli haqida gapirdi.

Biznesmen bankidan qanday ajrab qoldi, «Tinkoff» brendiga endi nima böladi?

Stanislav Bliznyukning menga aytib berişiça, unga RF prezidenti administratsiyasidan qönğiroq qilib, bank nomini özgartiriş va aksiyalarning nazorat paketini sotişni talab qilişgan — men uruşga qarşi haqida gapirganim uçun. Agar men bankni sotmaydigan bölsam ular vaqtinçalik boşqaruv joriy etiş bilan tahdid qilişgan. Agar omonatçilarga xavf tuğilsa Markaziy bank şunday vakolatga ega. Masalan, men [uruşga qarşi] bayonot bilan çiqiş qildim, odamlar meni yoqtirmay qolişdi, kartalarni qayçilay boşlaşdi, şunday voqealar ham böldi-da, bölayotgan işlar oqibatida depozitlarning çiqişi röy bermoqda deya, ular boşqaruvni joriy qilişardi.

Meni öz menejmentim ham qörqita boşladi, zudlik bilan sotiş kerak, aks holda Markaziy bank faktlar böyiça bankni sanatsiyaga olib qöyişadi, deb. Ular meni laqillatişdi, bu yerda heç kim seni körmoqçi emas, deya ertaklar söylaşgan. Lekin bankni sotganimdan söng qarasam, heç kim nomni özgartirişni xohlamayapti. Nega özgartirmayapsizlar? Prezident administratsiyasining özi talab qildi devdilaring-ku?

Endi öz nomimni çaqirib olmoqçiman. Nomim Rossiyada bölişini istamayman. Men u yerdan ketdim va bu mamlakat bilan boğlab turuvçi biror narsa bölişini xohlamayman. Jumladan, öz nomimdan foydalanişga ham yöl qöyib bermayman. Brend «moliya» sinfi böyiça allaqaçon bankka tegişli edi. Men bankni sotdim. Lekin qolgan barça toifalar menga tegişli. Hozir biz bu narsani yuridik tomondan qanday sindirişni qarab çiqyapmiz, çunki bu baribir boşqa toifalar böyiça mening brendim, mening ismim.

Hyuz va Bliznyuk vaziyatdan foydalanib, bankka egalik qiliş uçun meni çuv tuşirişdi, degan fikrlar ham bor. Lekin bankni men ularga sotmadim, Potaninga sotdim. Ular nimadandir xafa böla boşlaşdi. Kepak puliga bermayman-ku? Xuddi anqovlarga nimadir sotayotgandek? Ularda bunaqa pul yöq. Nabiullina ham qarşi bölgan, bunaqa bitimni tasdiqlaş qiyin böladi, deb. Çunki bankning egasi kim bölişi u yerda juda muhim.

Uruşda rus xalqi aybdormi va nega ğoya uçun ölişga tayyor?