Britaniyalik milliarder Riçard Brenson Buyuk Britaniya hukumatini rossiyalik tadbirkor Oleg Tinkovga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bekor qilişga çaqirdi, deb yozadi The Times duşanba, 17 iyul kuni. Virgin Group korporatsiyasi asosçisi Brenson Tinkovni 20 yildan beri bilişini va London uni asossiz ravişda sanksiyalar röyxatiga kiritganiga işonişini aytdi.

«Men janob Tinkovni sanksiyalarga duçor bölgan rossiyaliklar röyxatiga adaşib kirib qolganiga qat’iy işonaman. Garçi u badavlat rossiyalik tadbirkor bölgan bölsa-da, heç qaçon «oligarx» bölmagan. Men uni doimo dinamik işbilarmon sifatida bilganman. Şuning uçun unga yaqinman, uni qöllab-quvvatladim va qöllab-quvvatlaşda davom etaman», deb yozadi Brenson Tinkovning Britaniya Taşqi işlar vazirligi unga nisbatan sanksiyalar qöllaş qaroriga qarşi rasmiy murojaatiga ilova qilingan xatida. 

Oleg Tinkov mart oyida Buyuk Britaniya Taşqi işlar vazirligiga uni sanksiyalar röyxatidan olib taşlaş uçun ariza topşirgan. Öşanda Buyuk Britaniyada yaşovçi sobiq rossiyalik oligarx Mixail Xodorkovskiy Tinkovni qöllab-quvvatlaş uçun murojaat yuborgani xabar qilindi. 

Buyuk Britaniya Oleg Tinkovga qarşi sanksiyalarni 2022 yil 24 martda –Ukrainada harbiy harakatlar boşlanganidan bir oy ötib joriy qildi. Avstraliya Britaniya sanksiyalarini qöllab-quvvatladi, ammo Yevropa Ittifoqi davlatlari, şuningdek, AQŞ va boşqa Ğarb davlatlari Tinkovga qarşi jazo çoralarini kiritmadi. 

Oleg Tinkov Ukraina uruşining boşidanoq uruşga qarşi pozitsiyani egalladi. Tadbirkor 2022 yil oktyabr oyida Rossiya fuqaroligidan voz keçgan. 

Rossiyada Tinkov TCS Group («Tinkoff» bankining boş kompaniyasi) uluşiga ega edi, lekin ötgan yilning aprel oyida u aktivni Vladimir Potaninning «Interros» holdingiga sotdi. Tinkovning ta’kidlaşiça, Rossiya hukumati uni öz uluşini «tiyinlarga» sotişga majburlagan. Sotişdan keyin Tinkovning boyligi bir neça milliarddan 860 million dollargaça kamaydi, deb yozadi Forbes.